"Krasnodar" hujumchisi Ari mavsum so'nggiga qadar safdan chiqdi

Alisher
17 iyun 2020, 11:32
"Krasnodar" bosh murabbiyi Murod Musav jamoa forvardi Arining joriy mavsumda ortiq maydonga tushmasligini aytdi.

Bu haqda metaratings.ru sayti xabar bermoqda. Futbolchi 3 aprel kuni operaciya qilindi.

"Krasnodar" hozirda optimal tarkibda bo'lmaydi. Klasson ko'rmaymiz, Ari ham jarohat oldi va u mavsum so'nggiga qadar safdan chiqdi. Spaichda esa muvaffaqiyasiz operaciya", - deydi Musaev.

Ari 2013 yildan beri "Krasnodar"da o'ynaydi. Futbolchi 2018 yildan Rossiya terma jamoasida o'ynash imkoniyatiga ega bo'ldi, terma jamoada umumiy miqdorda 2ta o'yinda maydonga tushdi.

Ari joriy mavsum RPL doirasidagi 18ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 5ta assist qayd etdi.


Manba: metaratings.ru

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif