Kovachga yana imkon berishdi

3 noya 2019, 19:40
Bosh murabbiy Niko Kovach hozircha "Bavariya" jamoasida qoladigan bo'ldi.

Mutaxassisga vaziyatni to'g'rilash uchun yana ikkita o'yin berildi, deya ma'lumot bermoqda Bild nashri. 

Taqvim bo'yicha, myunxenliklar keyingi ikki o'yinni "Olimpiakos" va Dortmundning "Borussiya" jamoalariga qarshi o'tkazadi. Mazkur uchrashuvlar so'ng, "Bavariya" rahbariyati Kovachning klubdagi murabbiy sifatida faoliyat yuritishi yoki ketishi to'g'risida qaror qabul qilishi ma'lum bo'ldi. 

Kuni kecha, "Bavariya" "Ayntraxt F" maydonida yirik hisobda mag'lubiyatga uchragandi.

Joriy mavsum "Bavariya" 10 turdan keyin, Bundesliganing 4 o'rnida bormoqda. >> JADVAL

O'xshash yangiliklar


Manba: twitter.com/cfbayern