Kovach "Bavariya" futbolchilarini tanqid qildi

"Bavariya" bosh murabbiyi Niko Kovach Germaniya kubogi 1/16 final bosqichida "Boxum"ga qarshi o'yindan qoniqmaganini aytib o'tdi.

Ushbu o'yinda myunxenliklar 2:1 hisobida g'alaba qozonishdi. Ammo, ikkala urilgan gol ham uchrashuvning so'nggi 10 daqiqaligida kiritildi. 

"Uzatmalarda ko'plab xatolar qildik. 60-70 daqiqada umuman hech narsa bo'lmadi. Buni taktikalar bilan muammo deb tushunmayman, aksincha bu o'yinga bo'lgan munosabat natijasi deb hisoblayman. Futbolchilarning deyarli barchasi o'ynash ishtiyoqi bilan tushishmadi. Bu vaziyatda faqat Koutino va Myullerga rahmat aytish kerak", - deydi Kovach. 


Manba: abola.pt