Koutino Braziliyaga qaytish istagida

Sherzod Nurmatov
21 dek 2022, 12:59
Futbolchi APLni tark etishi mumkin.

"Aston Villa" yarim himoyachisi Filippe Koutino Braziliyaga qaytmoqchi. Bu haqda "Goal" xabar bermoqda.

"Korintians" 30 yoshli yarim himoyachini o'z safiga qo'shib olish niyatida. Biroq "oq-qora"lar "sherlar"ga faqat futbolchining maoshini yarmini to'lagan holda ijaraga olmoqchi ekanliklarini oshkor qilishdi.

Mish-mishlarga ko'ra, "Aston Villa" bosh murabbiyi Unai Emeri Koutinoga umid bog'lagani yo'q.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Goal