Koutino "Barselona"dagi debyuti haqida: "Men uchun bu tun o'zgacha o'tdi"

Aslanov Jasurbek
26 yanv 2018, 14:54
"Barselona" yarim himoyachisi Filippe Koutino Kataloniya klubidagi debyuti haqida fikr bildirdi.

Braziliyalik "Espanol"ga qarshi Ispaniya Kubogining chorak final bahsida (2:0) maydonga tushdi.

"BU men uchun ajoyib va o'zgacha tun bo'ldi. "Barselona"dagi birinchi daqiqalarim, hayajondaman. Biroz asabiylashdim, ammo asosiysi - bu g'alaba. Men qabul qilishganidan juda xursandman" - deydi Koutino.

Filippe Koutino 68-daqiqada Andres Inesta o'rniga maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com