

7-daqiqada G'ayrat Jo'raevning o'ng qanotdan oshirib bergan to'pini Leonid Koshelev boshi bilan darvozaga joylab qo'ydi - 1:0. 10-daqiqada Sanat Shixovning zarb bilan tepgan to'pini Leus maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Burchak zarbasidan keyin Shixov darvoza ustuni va to'sini kesishgan nuqtani nishonga oldi. 19-daqiqada Qahramon Mahammadjonov qulay imkoniyatga ega bo'lgandi. Ammo Oybek Nurboev so'nggi pallada to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. 40-daqiqada Leonid Koshelevning chap qanotdan uzatib bergan to'pini Gapparov darvozaga yo'llashga urinib ko'rgandi. Ammo, to'p ustunga tegib maydonni tark etdi. 44-daqiqada Sayfievning 25 metrlardan amalga oshirgan jarima zarbasidan keyin to'p darvoza to'sini ustidan o'tib ketdi. Dastlabki bo'lim yakunlandi.
Ikkinchi bo'lim boshlandi. 48-daqiqada Oybek Nurboev darvozani nishonga olishga urinib ko'rdi. Mehmonov to'pni qaytardi. 75-daqiqada Azamat Bobojonov samarqandliklarning navbatdagi hujumini samarali yakunladi. Leus bilan deyarli yolg'iz qolgan Bobojonov darvozaning olis burchagini nishonga oldi - 1:1. O'yin mana shu hisob bilan tugadi.
Gollar: Leonid Koshelev 7, - 1:0 (G'ayrat Jo'raev). Azamat Bobojonov 75, - 1:1.
Hakamlar: V. Seytlin (Toshkent), R. Serazetdinov (Toshkent), A. Usmonov (Toshkent), T. To'xtasinov (Andijon)
Navbahor: 78.Pavel Leus, 6.Leonid Koshelev, 10.Akram Bahriddinov (9. Ilhom Boydedaev, 73), 13.Timur Sultanov, 20.G'ayrat Jo'raev, 26.Qahramon Mahammadjonov, 31.Rustam A'zamov, 32.Jahongir Mehmonov, 45.Aleksandr Lupashko (22. Ro'zimboy Ahmedov, 58), 47.Timur Yafarov, 99.Ayubxon Gapparov.
Zaxira: 12. Islom Jo'raev, 8. Azim Ahmedov, 17. Sohib Abdullaev, 21. A'zam Aliev, 44. Oyatullo Muhiddinov.
Dinamo: 1.Igor Mixaylov, 4.Oybek Nurboev, 6.Akmal Bozorov, 10.To'lqin Mirzaev (17.Abdulla Nabiev, 58), 12.Sanat Shixov, 16.Akmal Xolmurodov, 18.Siroj Sayfiev, 21.Azamat Bobojonov (48.Ildar Mamatkazin, 86), 26.Komil Sharofiddinov, 55.Avaz Agaliev, 72.Alisher Samatov.
Zaxira: 30. Umid Nizomov, 22. Firdavs Abdusalimov, 40. Ildar Magdeev, 70. Farruh Shotursunov, 77. Omad Toyloqov.
Ogohlantirishlar: Komil Sharofetdinov 18, Qahramon Mahammadjonov 32, Azim Ahmedov 49, Ildar Magdeev 79,
Nazoratchi: G'. Karimov (Toshkent).



