Konte: "Qizingiz Moratadek yigitga turmushga chiqsa, qarshilik qilmagan bo'lardingiz"

Aslanov Jasurbek
23 sen 2017, 14:59
"Chelsi" bosh murabbiyi Antonio Kontening ma'lum qilishicha, unga jamoa hujumchisi Alvaro Morataning feli va o'yin sifatlari yoqadi.
"Menga Morata yoqadi, chunki u to'laqonli hujumchi va hozir ham barcha sohada o'sishi mumkin. U fantastik hulqiqa ega, o'z ishiga fidoiy o'yinchi. Morata juda odobli futbolchi va bu menga yoqadi.
Uni odobli deb nimani nazarda tutdim? Morata yaxshi yigit demoqchiman. Qizingiz bo'lganida, uni Alvaroga turmushga chiqishiga qarshilik qilmagan bo'lardingiz. Morata yaxshi yigit va xushfel inson" - deydi Konte.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Telegraph