Konte: "Inter" va "Yuventus" o'rtasidagi farq juda katta"

Mirjalol Normatov
2 avg 2020
"Inter" bosh murabbiyi Antonio Konte jamoasi "Atalanta" ustidan g'alabaga erishib, A Seriya turnir jadvalida 2-o'rinni egallagani haqida gapirdi.

"Futbolchilar, klubdagi har bir personallar maqtovga loyiq. "Inter" bunday natijalarga erishmaganiga ancha bo'lgandi. Biroq hali ham "Yuventus"dan ortdamiz, oradagi farq katta. Biz aqlliroq o'ynab, hissiyotlarni boy bermasligimiz kerak. Ayta olamanki, A Seriyada qo'yilgan vazifani bajardik. Kubokda ham yomon o'ynamadik, faqatgina Yevropa ligasida yaxshi o'ynasak bo'lgani.

Men uchun og'ir mavsum bo'ldi. "Yuventus" ketma ket 9-chempionligini nishonladi. Ular yildan yilga kuchayishmoqda, biz esa jamoaga yetib olish haqida o'ylayapmiz. Farqni ko'ryapsizmi", -  dedi Konte.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia