Konte Evro-2016ga aniq boradigan 14 nafar futbolchini aniqlab oldi

Aziz Tukhtamuradov
16 noya 2015, 19:10
Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Antonio Konte kelasi yili yozda Fransiyaga boradigan 14 nafar futbolchini aniqlab oldi.

Italiya OAVning ma'lum qilishicha, ushbu ro'yxatda Buffon, Perin, Darmian, De Shilo, Bonuchchi, Barcali, Kellini, Florenci, Kandreva, Markizio, Verratti va Parolo, Eder va Pelle kabi futbolchilar bor.

Ta'kidlab o'tish lozimki, Evroda bir terma jamoa qaydnomasida 23 nafar futbolchi bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Football-italia.net