Konte: "Balki yana bir kun A Seriyaga qaytsam, barcha taxminlarni o'zgartirib yuborarman"

Mirjalol Normatov
27 dek 2021, 22:55
"Tottenxem" bosh murabbiyi Antonio Konte o'zi ishlagan "Yuventus" va "Inter" qatnashadigan A Seriyaga qaytishi mumkinligini yashirmadi.

"Inter"ning natijalaridan mamnunman. Ular birgalikda qilgan mehnatimizni juda yaxshi davom ettirishmoqda. Ular yuqori o'rinlarda bo'layotganiga faqatgina qarsak chalish mumkin. Balki bir kun A Seriyaga qaytsam, yana bir bor barcha taxminlarni o'zgartirib yuborarman", - dedi Konte.

O'tgan mavsumda Konte "Inter" bilan mamlakat chempionligini qo'lga kiritdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal