KONKAKAF-2019 Oltin Kubogi. Yarim finalning ilk juftligi ma'lum, ikkinchisi esa bugun aniqlanadi

Eldor Akmurzayev
30 iyun 2019, 22:30
AQSH, Kosta-Rika hamda Yamaykada boshlangan KONKAKAF-2019 Oltin Kubogi musobaqasi yakuniy pallaga yaqinlashib kelmoqda.

Kecha, yarim finalning ilk juftligi ma'lum bo'ldi. Gaiti iroda ko'rsatib 0:2ni 3:2ga aylantirgan holda Kanadani taslim etdi. 

Meksika esa Kosta-Rika bilan asosiy bo'limlarda murosa yo'lini (1:1) tanladi. O'yindan keyingi penaltilar seriyasida (5:3) esa meksikaliklar kiperi Gilermo Ochoa qahramonlik ko'rsatib, jamoadoshlarini keyingi bosqichga olib chiqdi. 

Shu tariqa, ½ finalning ilk juftligida Gaiti vakillari Meksikaga qarshi to'qnash keladi. Mazkur bahs Toshkent vaqti bilan 3 iyul kuni, soat 07:00da boshlanadi.

Bugun, ikkinchi yarim final juftligining nomi ma'lum bo'ladi. Toshkent vaqti bilan 02:30da mezbon Yamayka termasi Panama bilan uchrashsa, 05:00da  esa AQSH – Kyurasao to'qnashuvi bo'lib o'tadi. 

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia