Konferenciyalar ligasiga qur'a tashlandi: "Roma" Ukraina jamoasiga qarshi o'ynaydi va boshqa guruhlar

Aziz Tukhtamuradov
27 avg 2021, 17:14
Istanbul shahrida Konferenciyalar ligasi turnirining 2021/22 yilgi mavsumiga qur'a tashlandi.

Unga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasi futbolchisi Eldor Shomurodov to'p tepadigan "Roma" jamoasi "S" guruhidan o'rin oldi. "Roma"ga guruhda "Zarya" (Ukraina), SSKA (Bolgariya) va "Bude-Glimt" (Norvegiya) jamoalari raqiblik qiladi.  

Musobaqada guruhlar quyidagicha ko'rinish oldi:

A: LASK, Makkabi Tel-Aviv, Alashkert, XIK

B: Gent, Partizan, Flora, Anortosis

C: Roma, Zarya, SSKA Sofiya, Bude-Glimt

D: AZ, CHFR, Yablonec, Randers

E: Slaviya, Feyenoord, Union, Makkabi Xayfa

F: Kopengagen, PAOK, Slovan, Linkoln

G: Tottenxem, Renn, Vitess, Mura

H: Bazel, Karabax, Kayrat, Omoniya

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia