Konferenciyalar ligasi saralashi. Jamoalar bahsni 10 kishidan bo'lib yakunlagan o'yinda “Tobol” minimal hisobda yutqazdi. Sergeev esa zaxirada qoldi

Eldor Akmurzayev
5 avg 2022, 08:30
Konferenciyalar ligasi 3-saralash bosqich bahslari bo'lib o'tdi.

Qozog'istonning “Tobol” jamoasi safarda Bosniya va Gertsegovina vakili “Zrinski Mostar”ga qarshi bahs olib borib, 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Uchrashuvdagi yagona gol 2-taym o'rtalarida Niko Yankovich tomonidan urildi.

Qayd etish joizki, jamoalar o'yinni 10 kishidan bo'lib yakunlashdi. 55-daqiqada Yosip Chorluka, 84-daqiqada esa Jarko Tomashevich qizil olib, maydonni tark etdi.

Qaydnomadan o'rin olgan Igor Sergeev esa zaxirada qoldi.

Eslatib o'tamiz, jamoalar o'rtasidagi javob bahsi 11 avgust kuni (19:00) Kostanaydagi “Markaziy” stadionda bo'lib o'tadi. Mazkur juftlik g'olibiga oxirgi pley-off raundida “Olimpiakos” – “Slovan” juftligida muvaffaqiyat qozongan jamoa to'qnash keladi. 

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia