Koncert tamom! Sancho qoladi

Mirjalol Normatov
23 avg 2020
Yarim himoyachi Jeydon Sancho yana bir mavsum davomida Dortmundning "Borussiya"si sharafini himoya qiladi.

"The Telegraph" xabariga ko'ra, 20 yoshli angliyalik futbolchi "Manchester Yunayted"ga e'tibor qaratmayapti. Chunki klublar transfer pulini kelisha olishmayapti. Jeydon jamoadoshlariga kamida bir mavsum Dortmundda qolishini ma'lum qilgan.

Eslatib o'tamiz, Germaniya klubi ushbu transferdan 120 mln evro ishlab olmoqchi. Biroq MYU koronavirus pandemiyasi sababli katta transfer amalga oshirmoqchi bo'lmayapti.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Telegraph