Kolumbiya TJga bosh murabbiy tayinlandi

Eldor Akmurzayev
14 yanv 2021, 21:10
Reynaldo Rueda chorshanba kuni Chili termasi bosh murabbiyi lavozimidan ozod etilgandi.

Bugun esa 63 yoshli mutaxassis Kolumbiya TJ ustoziga aylandi.

Rueda faoliyatida ikki bor kolumbiyaliklarni boshqargan. 2002 yil u termaga vaqtinchalik murabbiy bo'lgan bo'lsa, navbatdagisi 2004-2006 yillarga to'g'ri keladi.

Reynaldo Rueda Karlush Keyrushning o'rnini egalladi. Keyrush qoniqarsiz natijalar tufayli 2020 yil dekabrida iste'foga chiqarilgandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/FCFSeleccionCol