Kolotto: "Atletiko" oxirigacha raqobatbardosh bo'lib qoladi"

Aslanov Jasurbek
16 okt 2014, 16:53
"Espanol" himoyachisi Diego Kolotto "Atletiko"ga qarshi Ispaniya chempionatining sakkizinchi tur uchrashuvi haqida fikr bildirdi.

O'yin 19 oktyabrda poytaxtda bo'lib o'tadi.

"Kuchli raqib bilan o'ynaganimiz bois, bahs oson bo'lmaydi. "Atletiko" bir muvozanatda o'yinlarda ishtirok eta olmayotgan bo'lsada, ular oxirigacha raqobatbardosh bo'lib qolaveradi. Biz esa himoyada tartibli harakat qilishga urinib ko'ramiz. Biz tezkor o'yinga moslashganmiz" - deydi Kolotto.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com