Kolo Ture: "Bayi dunyoning eng yaxshi himoyachilaridan biriga aylanishi mumkin"

Tolibjon Qosimov
8 okt 2016, 13:59
"Seltik" himoyachisi Kolo Ture Erik Bayini yaqin kelajakda "Manchester Yunayted"ning muhim figuralaridan biriga aylanadi deb hisoblamoqda.
"Unga shahar yoqdi, u yaxshi bola. Bayi baland bo'yga ega, texnik jihatdan juda kuchli va maydonni ajoyib ko'ra oladi. Uni "Manchester Yunayted"da yorqin kelajak kutayapti deb o'ylayman. Erik o'z ustida ishlashda davom etmoqda, unda dunyoning eng yaxshi himoyachilaridan biriga aylanish uchun barcha imkoniyatlar mavjud," - deydi Ture.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Tribalfootball