Kokorin va Mamaevga shahar sudi ham yordam bermadi

Aslanov Jasurbek
26 fev 2019
Bugun, 26 fevral kuni Moskva shahar sudi Tver sudining Aleksandr Kokorin va Pavel Mamaevni yana 2 oy qamoqda ushlab turish qarorini ko'rib chiqdi.

Oldinroq, futbolchi advokatlari ushbu qaror bo'yicha apellyaciya bergan edi.

Moskva shahar sudi qarorni saqlab qoldi, futbolchilar qamoq jazosini o'tashda davom etishadi.

Eslatib o'tamiz, aka-uka Kokorinlar, Mamaev va Protasovickiy 8 oktyabr kuni Moskvada ikkita janjal ketltirib chiqargan edi. Buning oqibatida 3 kishi jabrlandi. Sud jinoyatchilarga 2 oy qamoq jazosi tayinlagandi, keyinroq bu muddat yana 2 oyga uzaytirilgandi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com