Klublar o'rtasidagi jahon chempionatining barcha qatnashchilari ma'lum bo'ldi

Eldor Akmurzayev
24 noya 2019, 21:55
Joriy yilning 11 dekabridan 22 dekabriga qadar Qatar poytaxti Doha shahrida hisob bo'yicha 16 klublar miqyosidagi jahon chempionati bo'lib o'tadi.

Ushbu musobaqada ishtirok etuvchi 6 qitaning barcha 7 jamoasining nomi ma'lum bo'ldi. Demak, ular bilan tanishing:

“Al-Sadd” – mezbon va Qatar Yulduzlar Ligasi g'olibi;
“Liverpul” (Angliya) – Yevropa Chempionlar Ligasi g'olibi;
“Flamengo” (Braziliya) – J.Amerika Libertadores Kubogi g'olibi;
“Monterrey” (Meksika) – KONKAKAF Chempionlar Ligasi g'olibi;
“Al-Hilol” (S.Arabistoni) – Osiyo Chempionlar Ligasi g'olibi;
“Esperans” (Tunis) – Afrika Chempionlar Ligasi g'olibi;
“Iengen Sport” (YA.Kaledoniya) – Okeaniya Chempionlar Ligasi g'olibi.

Ilk bosqich bahsi "Al-Sadd" hamda "Iengen" o'rtasida o'tkaziladi. Mazkur juftlik g'olibi keyingi raundda "Monterrey"ga qarshi to'qnash keladi.
Ushbu bosqichning ikkinchi o'yini esa “Al-Hilol” – "Esperens" o'rtasida o'tkaziladi va g'alaba qozongan jamoa yarim finalda “Flamengo” bilan uchrashadi.

"Liverpul" esa final ostonasida "Monterrey", "Iengen" yoki "Al-Sadd" klublaridan biriga duch keladi.

Ma'lumot o'rnida, klublar o'rtasidagi JCHning amaldagi g'olibi va eng ko'p titul (4ta) egasi Madridning “Real” klubi hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia