Klopp yirik mag'lubiyatdan so'ng nimalar dedi?

Khoja
12 apr 2024, 07:39
Liverpul bosh murabbiyi Yurgen Klopp Atalantadan qabul qilib olingan mag'lubiyat haqida fikr bildirdi.

Biz bugun haqiqatdan juda yomon o'ynadik. Jamoa mag'lubiyatga loyiq edi. Atalantani bugungi ajoyib g'alaba bilan tabriklayman. Jamoamning o'yini haqida qandaydir yaxshi fikr bildira olmayman. Bugun maydonda edik, biroq futbol o'ynamadik, - dedi Klopp.

Eslatib o'tamiz javob uchrashuvi 18 aprel kuni Bergamoda bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com