"Manchester Siti"ning sobiq rahbari klub rahbariyatini lavozimidan chetlatishga chaqirdi

30 sen 2026, 09:35
"Manchester Siti"ning sobiq raisi Devid Bernshteyn moliyaviy qoidabuzarliklar ishi bo'yicha surishtiruv fonida klub direktorlar kengashining faoliyati haqida fikr bildirdi.

"Men yana bir masalani ko'tarmoqchiman - bu direktorlar kengashining mavqeidir. Klub direktorlari, jumladan, ko'p yillardan beri shu lavozimda ishlab kelayotgan va shu davrning barcha bosqichlarini bosib o'tgan bosh direktor klubni har tomonlama boshqarish uchun javobgardirlar.

Yana bir bor takidlayman: agar bu biror-bir ommaviy kompaniya bo'lganida, o'ylaymanki, bunday jiddiy vaziyatda direktorlar apellyaciya bo'lish-bo'lmasligidan qati nazar, ushbu masala bo'yicha yakuniy qaror qabul qilinguniga qadar iste'foga chiqishi yoki vaqtincha chetlatilishi kerak edi. Hozirgi rahbariyat o'ziga bo'lgan ishonchni saqlab qolgan holda faoliyatini davom ettira olishiga ishonmayman. Garchi Abu-Dabilik egalari bunday istiqboldan juda xursand bo'lishlariga shubham bor. Uzoq vaqt davomida tizimli qoidabuzarliklarga aloqador bo'lgan direktorlar kengashi qanday obro' va ishonchga ega bo'lishi mumkin?" - deydi Bernshteynning so'zlarini "TalkSPORT" keltirib.

O'xshash yangiliklar


Manba: TalkSPORT