Klopp yana bir bor taqvimdan nolidi

Mirjalol Normatov
16 avg 2022
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp o'yinlar taqvimining zichligidan nolidi.

"Bu biznesdagi eng muammoli jihatlardan biri - unga qiziquvchi tomonlar juda ko'p. Angliyada Premer-liga, futbol ligalari va Angliya futbol assotsiatsiyasi. Germaniyada Bundesliga va Nemis futbol ittifoqi. Xalqaro miqyosda esa FIFA, kontinental federatsiyalar, xuddi UEFA kabi. YCHLda esa hammasi joyida. Barcha o'zi yoqqan ishni qiladi, biroq futbolchilar haqida o'ylamaydi. HECH KIM!

Buning o'rniga yangi-yangi turnirlarni o'ylab topishadi. Endi biz boshqa termalarning ham qatnashishi uchun JCH formatini kengaytiryapmiz. Biz ko'proq termalarning qatnashishi uchun Evro formatini kengaytiryapmiz.

Istalgan sportda sportchining holatini ushlash uchun mashg'ulotlar talab qilinadi. Biz esa faqatgina o'ynaymiz. Tushunaman, bu tarixga birinchi bor duch kelayotganim yo'q. Ammo bizda hozir mashg'ulotga vaqt topilmayapti, chunki faqat o'ynayapmiz. Balki menda dam olish uchun vaqt bordir, biroq futbolchilarda bunday imkoniyat yo'q. Shu sababli balki, nimalarnidir o'zgartirish kerakdir", - dedi Klopp.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal