Klopp Vaydenfellerning xayrlashuv uchrashuvida ishtirok etadi

Aslanov Jasurbek
28 iyul 2018, 16:24
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp Dortmundning "Borussiya" darvozaboni Roman Vaydenfellerning xayrlashuv uchrashuvida ishtirok etadi.

37 yoshli Vaydenfeller 2017/18 mavsum oxirida faoliyatini yakunladi. U nemis klubi safida 16 ta mavsum davomida 349ta uchrashuvda maydonga tushdi. Ularning 7tasida Klopp "Borussiya" ustozi edi.

Vaydenfellerning xayrlashuv uchrashuvi 7 sentyabr kuni "Signal Iduna Park" stadionida bo'lib o'tadi. Kloppdan tashqari bu bahsda Mixael Ballak, Torsten Frings, Kevin Grosskroyc, Dede va Marsio Amorozo ishtirok etadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com