

"Menga o'yinning starti juda yoqdi, to'g'ri dinamikani tanladik, yaxshi uzatmalar amalga oshirdik. Raqib darvozamizga yaqinlashmadi, biz esa 3-4 vaziyatga ega bo'ldik - Saloh to'sinni poyladi, Jotaning boshi bilan yo'llagan zarbasi... Odatda bunday paytlarda bir yoki ikki vaziyatdan gol urgan bo'lardik. Biroq bu safar unday bo'lmadi.
Menimcha, biz oldindan o'ylangan futbolimizni yo'qqa chiqardik - bunday holatda himoyalanish osonroq edi. Kutilmagan futbol o'ynash uchun jamoada rang-baranglik bo'lishi kerak.
To'pni o'zimiz yo'qotdik, raqiblar esa agressiv o'ynadi. Albatta, nimadir noto'g'ri ketayotgani borasida hissiyotlar bor. Ammo safardagi bir ochko yomon natija emas, bu ham bo'laveradi", - dedi Klopp.



