Klopp: "Ozil va Gyundogan Germaniyaga sodiq, ularga bog'liq gaplar ko'pirtirilgan"

Aslanov Jasurbek
23 avg 2018, 14:20
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp Turkiya prezidenti Rajab Erdo'g'on bilan suratga tushgan Ilkay Gyundogan va Mesut Ozilga bog'liq voqea haqida fikr bildirdi.

Turkiya prezidenti bilan suratga tushgan futbolchilar Germaniyada jiddiy tanqid qilindi. Natijada Ozil terma jamoadan ketdi.

"Bu - ma'lumotni noto'g'ri qabul qilishning klassik ko'rinishi. Va albatta nonsens! Siyosatda ko'p narsalar ko'pirtiriladi. Aqlli kishilar buni xotirjam qabul qilishadi.

Gyundogan, Emre Jan va Nuri Shaxinni yaxshi bilaman. Mesut bilan yaqindan tanish emasman. Ammo bu yigitlar Germaniyaga sodiqligiga shubham yo'q. Ularning ajdodlari Turkiyadan. Muammo nimada? Bu yaxshiku" - deydi Klopp.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail