

"Qanday qilib gol ura olmaganimizga tushuna olmayapman. Bu biz istamagan natija bo'ldi. Buni hamma ko'rdi va bildi ham. Tanlagan rejamiz to'g'ri edi, jamoa kurashdi. Barchasi joyida.
Kiyim almashtirish xonasidagi atmosfera ham yaxshi. Biroq gol ura olmasak, kimni ayblashimiz kerak? Variantlar juda kam. Faqatgina o'zimizda ayb.
Biz uchun og'ir zarba bo'ldi. 3 ochko uchun kelgandik. Ortga nazar tashlaydigan bo'lsak, bu qanday qilib ro'y berganini tushunish qiyin. Biroq bu bo'ldi", - dedi Klopp.



