

"Liverpul" klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Nkasl"ga qarshi o'tkazilgan og'ir o'yin va g'alaba haqida gapirdi.
"Bu "Barselona"ga qarshi o'tkazilgan YCHLdagi uchrashuvdan ham qiyinroq bo'ldi. Bugun hammasi boshqacha bo'ldi. Biz juda yomon boshladik, kamchilik bo'lib qoldik. Keyin esa yaxshiroq o'ynashni boshladik. Tanaffusda hammasi yo'qotilmaginini his qildik.
Nunes fantastik o'yin ko'rsatdi. O'yinni tinchlantirdik va Darvinni maydonga tushirdik. Albatta, u boshlang'ich tarkibda maydonga tushmaganidan hafa bo'ldi. Hozir mavsum boshi, biz barqarorlik ko'rsatishimiz kerak.
Darvin ikkita gol urdi va tabassum qilishdan to'xtamayapti. Bu jamoa uchun juda muhim narsa", -deydi Yurgen Klopp.



