Klopp: "Natija bo'lmasa, odamlar sizni eshitishni ham istamaydi"

Mirjalol Normatov
4 mar 2021, 23:33
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp jamoasining ushbu mavsumdagi omadsiz o'yinlari haqida gapirdi.

"Futboldagi asosiy muammo - natija. Agarda jamoadagi o'yin yaxshilansa-yu, natija yomonlashaversa, odamlar sizni eshitishni ham istamaydi.

Ketma-ket 15-10 o'yinda g'alabaga erishsak, odamlar sizga qarab: "YO Hudo, uning gaplarini qarang, ajoyib!", deyishadi. G'alabaga erisha olmasak ham, shu gapni aytsam: "Mayli, mayli. Yutish kerak edi", deyishadi.

Men savolga bugun emas, balki bir yillardan keyin javob berarman. Ammo hozirda biz eng yaxshisi ekanligimizni isbotlay olmaymiz. Buni keyinroq ko'rsatishning vaqti keladi", - dedi Klopp.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal