

Bu haqda jamoa bosh murabbiyi Yurgen Klopp ma'lumot berdi.
"Muzokaralar davom etmoqda. Biroq boshqa ma'lumot bera olmayman. Bunga haqqim yo'q.
Klub Milner bilan muzokaralar olib bormoqda. Uning jamoada qolishiga hech nima to'sqinlik qilmayapti", - dedi Klopp.
Milnerning klubi bilan kelishuvi ushbu yozda yakunlanadi. U 2015 yildan buyon jamoa tarkibida harakat qilmoqda.
Ushbu mavsumda 36 yoshli xavbek jamoa tarkibida 23 o'yinda qatnashib, 3 golli pas berdi.



