

Eslatib o'tamiz, mersisayd klubi ayni damda Angliya chempionatida 4 g'alaba, shunchadan mag'lubiyat va durangga ega. Bu XXI asrdagi eng yomon startlaridan biri sanaladi.
“Bizning natijalarimiz mavsum oxirida baholanadi. Biz shunchaki o'z ishimizni qilyapmiz. Barchani muhokama qilish mumkin: meni, futbolchilarni, murabbiylar shtabining boshqa a'zolarini, ammo buni hozir tahlil qilish adolatsizlik deb hisoblayman”, – dedi Klopp matbuot anjumanida.
Ertaga "Liverpul" Chempionlar ligasi doirasida "Napoli"ga qarshi o'ynaydi.



