Klopp: "Barselona"ni boshqarish? Baxtli bo'lish uchun yaxshi ob-havo kerak emas"

Aslanov Jasurbek
21 noya 2017, 14:57
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Barselona"ni shug'ullantirishni rejalashtirmayapti.

Oldinroq, nemis mutaxassisi Kataloniya klubida Luis Enrikeni o'rnini egallashi mumkinligi e'lon qilingan edi, biroq "Barselona" rahbarlari Ernesto Valverde nomzodini tanlashdi.

"O'zimni baxtli his qilishim uchun menga yaxshi ob-havo shart emas. Men xuddi "Borussiya"dagidek "Liverpul"da ham baxtliman. Barcha orzularim ushaldi. Agar "Liverpul"ga xizmatlarim boshqa kerak bo'lmasa, yangi klub haqida o'ylab ko'raman. Ammo hozir haqiqatdan ham baxtliman va boshqa jamoa haqida o'ylamayapman" - deydi Klopp.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail