Klopp: "Aynan shunday muammolar bo'lishini kutgandim"

Mirjalol Normatov
9 mar 2022, 22:45
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp YCHLda "Inter"dan uchralgan mag'lubiyat haqida gapirdi.

"Aynan shunday muammolar yuzaga kelishini kutgandim. "Inter" - yaxshi jamoa. Ular bunday o'yinlarda qanday o'ynash kerakligini bilishadi. Biz esa yaxshi o'yin ko'rsata olmadik. Agarda o'tgan ikki o'yinni inobatga oladigan bo'lsak, meni faqatgina keyingi bosqichga chiqqanimiz qoniqtirdi.

O'yin esa rostdan ham qiziqarli o'tdi. Ha, mag'lub bo'ldik. Ammo alamlisi uyda yutqazganimiz emas, raqiblar bizga juda ko'p muammolar keltirib chiqargani bo'ldi. Biz esa vaziyatlarimizdan foydalana olmadik", - dedi Klopp.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal