Klopp Argentina - Chili bahsida Iguainni kuzatdi (foto)

Aslanov Jasurbek
7 iyun 2016, 11:24
"Liverpul" ustozi Yurgen Klopp Argentina va Chili terma jamoalari o'rtasidagi AQSHda bo'layotgan Amerika Kubogi urashuvini stadiondan tomosha qildi.

101greatgoals tarqatgan ma'lumotlarga ko'ra, nemis mutaxassisi ushbu bahsni Gonsalo Iguainning ukasi Nikolas Iguain bilan tomosha qilgan.


74-daqiqada futbolchi Iguain almashtirilganidan so'ng, uchrashuvning 76-daqiqasida Yurgen Klopp stadionni tark etdi. Bundan shunday xulosa qilish mumkinki, "Liverpul" ustozi Gonsaloni kuzatgan.


Eslatib o'tamiz, Argentina Chili ustidan 2:1 hisobida g'alaba qozondi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: 101greatgoals