Kleydi Daci - OKMK futbolchisi

Aslanov Jasurbek
29 iyul 2024, 21:23
Superliga mavsumining ikkinchi davrasiga tayyorgarlik ko'rayotgan OKMK albaniyalik futbolchi bilan shartnoma imzoladi.

Kleydi Daci OKMK futbolchisiga aylandi. Bu haqda klub matbuot xizmati e'lon qildi. Olmaliq klubi va 25 yoshli futbolchi o'rtasidagi bitim 2,5 yilga mo'ljallangan.

Markaziy hujumchi faoliyati davomida "Teuta", "Kastrioti", "Kukesi" va "Partizan" klublarida jami 128ta bahsda maydonga tushib, 24ta gol urgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia