Klaudio Markizio: "Kontening "Yuventus"dan ketishida ikki tomon qiziqishlari hisobga olingan"

Tolibjon Qosimov
26 avg 2014, 13:26
"Yuventus" yarim himoyachisi Klaudio Markizio, turinliklarning sobiq bosh murabbiyi nega jamoadan ketgani haqida so'zlab berdi.
Uning takidlashicha, murabbiyning ketishida ikki tomon qiziqishlari hisobga olingan.

"Men Kontening qarorini hurmat qilaman. U menga ketishi sabablarini tushuntirib berdi, ammo bu oramizda qoladi. Sizni ishontirishim mumkin: Konte jamoani yarim yo'lda tashlab ketadigan odamlardan emas. Agar u ketgan bo'lsa, demak Konte o'z vazifasini yuz foiz amalga oshirgan. Fikrimcha, bu qarorda ikki tomon qiziqishlar hisobga olingan" - deydi Markizio.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru