

"Real Madrid" klubi hujumchisi Kilian Mbappe "Kann" klubining 80% akciyasini rasman sotib oldi. Bu haqda francuz klubi rasmiy sayti ma'lum qildi. Avvalroq, Mbappe bu bitim uchun 20 mln evro sarflagani xabar berilgandi.
Ma'lumot uchun, "Kann" klubi o'tgan mavsum Fransiya ikkinchi divizionida 6-o'rinni egallagandi.
Eslatib o'tamiz, "Kann" Mbappe bolaligida o'ynagan klub hisoblanadi.




