Kilian Mbappe Fransiya Kubogida ilk bor xet-trik qayd etdi

5 mar 2020, 08:50
PSJ “Lion”ni 5:1 hisobida mag'lub etib, Fransiya Kubogi finaliga yo'l oldi.

Uchrashuvda PSJning 21 yoshli hujumchisi Kilian Mbappe xet-trikka erishdi. Bu Mbappe uchun Fransiya Kubogidagi ilk xet-trik bo'ldi.

Kilian bungacha Liga 1, Fransiya Liga Kubogi hamda Chempionlar Ligasida xet-trik qayd etishga ulgurgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Gracenote Live