

Jahon chempionati yo'llanmasi uchun turnir bugun, 29 sentyabr kuni "Bunyodkor" stadionida o'tkazilmoqda. Unda 68 nafar ishtirokchi 8ta guruhga bo'lingan holda kurashni boshlashdi. Har bir guruhdan 4ta eng ko'p ochko jamg'argan ishtirokchilar pley-offga yo'l olishadi.
Saralash bahslari natijalari bilan quyidagi HAVOLA orqali tanishib borish mumkin. Saralash o'yinlari PS4 (Playstation 4) dagi FIFA 16 o'yinida o'tkaziladi.





