Kiberfutbol: Bugun PCFLning Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari uchun saralash bosqichi bo'lib o'tadi

Aslanov Jasurbek
14 sen 2016, 10:24
Oldinroq UFF va PFL ko'magida "Virtual Football" kompaniyasi PCFL (Professional Cyber Football League) ligasining ilk mavsumini o'tkazishi haqida e'lon qilgan edik.

Qashqadaryo-Surxondaryo

Qashqadaryo va Surxondaryo o'yichilari uchun saralash bahslari Qarshi shahridagi  "Nasaf" klubida bo'lib o'tadi. Ishtirok etishni xohlovchilar 14 sentyabr kuni soat 11:00 gacha kelishlarini iltimos qilamiz.

Manzil: "Nasaf" stadioni.

Murojaat uchun telefonlar: +998 94 606 73 33

                                                     +998 90 168 52 91


Viloyat va shahar saralash o'yinlarida g'olib bo'lganlar Respublika Grand finaliga yo'l oladi. Grand finalda kuchli 16 talikka kirgan ishtirokchilar avtomatik ravishda Oliy ligada qatnashish huquqini qo'lga kiritishadi. Kuchli 32 talikka kirgan qolgan 16 ishtirokchi esa birinchi liga qatnashchisiga aylanadi.

Ikkala liga o'yinlari professional futbol kabi 7-8 oy davom etishi va televideniya hamda barcha OAVlarda yoritib borilishi rejalashtirilgan.

Ushbu loyihadan maqsad O'zbekiston futboli rivojiga hissa qo'shish orqali yoshlarning bo'sh vaqtini maroqli va mazmunli o'tkazishga yordam berish. Shu bilan birga kirebfutbol bo'yicha O'zbekiston bayrog'ini jahon arenalarida baland ko'tarish.

Eslatib o'tamiz, kiberfutbol bahslari FIFA 16 o'yini bo'yicha PS4 (PlayStation 4) konsolida o'tkaziladi.

Toshkent shahri va boshqa viloyatlar saralash o'yinlari haqida batafsil ma'lumotni bu yerda olishingiz mumkin: Barcha viloyatlar saralash bosqichi muddatlari


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia