Keysuke Xonda klubini o'zgartirdi

Aslanov Jasurbek
14 iyul 2017, 16:46
"Milan" sobiq yarim himoyachisi Keysuke Xonda Meksikaning "Pachuka" klubiga o'tdi.

31 yoshli yaponiyalik so'nggi mavsum yakunlanganidan so'ng erkin agentga aylandi.

Italiya klubi "Milan"da o'tkazgan vaqti ichida 92 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 11 ta gol urib, 14 ta golli pas berdi. "Pachuka" ayni damda Meksika chempionatida 10-o'rinni egallab turibdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com