Keyn: “Shaxsiy sovrinlar – bu zo'r albatta, ammo menga jamoaviy yutuqlar kerak”

Eldor Akmurzayev
28 apr 2021, 21:35
“Tottenxem” forvardi Xarri Keyn "London Football Awards-2021" taqdimotida "yil futbolchisi" deb topilganiga munosabat bildirdi.

“Individual sovrinlar – bu juda yaxshi. Faoliyatim yakunida jonim bilan ulardan zavq olarman, ammo hozirgi maqsadim jamoviy titullarni yutishdir.

Shaxsiy yutuqlar qanchalik yaxshi bo'lmasin, men jamoa bilan yirikroq sovrinlarni qo'lga kiritishni istayman. Bunga hali erisholmadik. Afsus, ammo bu shunday”, deydi Keyn.

Eslatib o'tamiz, “shporlar” 2008 yildan beri titulni qo'lga kiritolmaydi. Jamoaning so'nggi sovrini Angliya Liga Kubogi bo'lgan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Sky Sports