Keyn qo'rqinchli avgustdan keyin sentyabrda "ochildi"

Tolibjon Qosimov
14 sen 2017, 16:16
Kecha Londonning "Tottenxem" klubi YCHL 1-turi doirasida "Borussiya" (Dordmund)ni qabul qildi.

"Uembli"da kechgan o'yinda mezbonlar 3:1 hisobida g'alaba qozonishdi. Londonliklar tarkibida Xarri Keyn dubl qayd etdi. E'tiborli tomoni, Keyn avgust oyida bitta ham gol urmagan edi. Sentyabrda esa Xarri Angliya terma jamoasida Malta darvozasiga, "Tottenxem"da esa "Everton" va "Borussiya"ga ikkitadan, jami uchta o'yinda 6ta gol urdi. Shu tariqa, hujumchi avgust sindromidan o'tib oldi.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia