

Neymar kuchli futbolchi, ammo Barselona kuchsizlanib qolgani yo'q. Uning o'rnini egallaydigan futbolchi ham bor kuchi bilan o'ynashi shubhasiz.
Barselonada aniq o'yin uslubi bor. Navbatdagi o'yinlarda ham ko'p syurprizlar bo'lmaydi va to'qnashuvlar taqdirini mayda detallar hal qiladi.
G'alaba qozonish uchun gol urish lozim, buni qila olamiz. Kelajak haqida emas oldimizdagi ikki uchrashuv haqidagina o'ylayapmiz xolos.
Realdagi barcha futbolchilar maydonga faqat g'alaba uchun chiqishadi. Real safida o'ynash sovrin yutish deganidir, - deydi Navas.




