

Katalon klubi arena rekonstrukciyasini boshlamoqda va shu sabab 2023/24-yilgi mavsumni "Monjuik" stadionida o'tkazadi.
Ma'lum qilinishicha, "Spotify Kamp Nou"dagi rekonstrukciya ishlari va uning tarkibidagi sport majmualari ta'miriga 1,5 mlrd evro miqdoridagi mablag' sarflanadi. Hozirda klub qurilish ishlariga homiylik qilishga tayyor bo'lgan qator fondlar bilan muzokaralarning oxirgi bosqichida turibdi.
"Kamp Nou"ga "Barselona" 2024 yil noyabr oyidan ertaroq qayta olmaydi.
"Monjuik" stadioni 1927 yilda qurilgan bo'lib, 55 926 tomoshabinni o'z bag'riga sig'dira oladi. Bu arena mahalliy olimpiya o'yingohi sifatida tilga olinadi. 1997 - 2009 yillarda bu arenada "Espanol" uy uchrashuvlarini o'tkazgan.




