Kerjakov JCH-2014 saralash bosqichida Rossiya termasi to'purari bo'ldi

16 okt 2013, 10:17
"Zenit" hamda Rossiya terma jamoasi hujumchisi Aleksandr Kerjakov Rossiya terma jamoasining Jahon chempionati 2014 saralash bosqichi doirasida eng ko'p gol urgan futbolchisiga aylandi.
Kerjakov saralashdagi 10 uchrashuvning barchasida ishtirok etib, 5 golga mualliflik qildi.

Viktor Fayzulin va Aleksandr Kokorin to'rttadan, Roman Shirokov uchta, Denis Glushakov va Aleksandr Samedovlar ikkitadan hamda Vasiliy Berezuckiy esa bitta gol kiritishga muvoffaq bo'lishgan.

Manba: championat.com