Kepa La Ligaga qaytishi mumkin

3 iyul 2020, 21:05
"Chelsi" darvozaboni Kepa Arrisabalaga faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin.

The Sun nashri xabar berishicha, 25 yoshli posbonning xizmatlariga  "Sevilya" klubi qiziqish bildirmoqda. Ayni paytda jamoa rahbariyati Kepani ijaraga olish bo'yicha rasmiy taklif tayyorlayapti.

Aytishlaricha, ispan klubi oldidagi yagona muammo Arrisabalaganing maoshi (9 mln evro) hisoblanadi. "Aristokratlar" darvozabonni ijaraga berishga qarshi emas.

O'xshash yangiliklar


Manba: The Sun