Kellini: "Pogba "Yuventus" bilan chempion bo'lishini hech kim kutmagandi"

Mirjalol Normatov
21 iyun 2020, 17:31
"Yuventus" sardori Jorjo Kellini bir vaqtlar jamoa tarkibida harakat qilgan Pol Pogba haqida gapirdi.

"U bu erga endi kelgan vaqtlarini eslayman. 3-4 kundayoq u boshqalarning e'tiborini o'ziga qaratgandi. "Manchester Yunayted"dan erkin agent sifatida kelganida juda yosh edi. Biz uni hamma qatori futbolchi deb o'ylagandik.

Biror inson u asosiy futbolchi sifatida "Yuventus" bilan chempion bo'lishini kutmagandi. Ajoyib tana tuzilishiga ega bo'lgan Pol zargarona paslar berardi. Ilk o'yinlarida u o'z poziciyasida o'ynamasdan, Pirloga ko'p yordam bergandi.

Tez orada unga kichik hudud kamlik qilishini tushundik. Pogba bunday holatda o'zini ko'rsata olmaydi. Katta hududdagina u xavfli futbolchiga aylanadi", - deb yozadi Kellini.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport