Kaxi Maxaradze: "Final bahsiga kim tayyor bo'lsa o'sha g'alaba qozonadi"

25 noya 2017, 18:21
Bugun O'zbekiston chempionati 30-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

Ushbu turda Toshkentning ikki klubi "Lokomotiv" va "Bunyodkor" bahs olib bordi. Bo'lib o'tgan bahsda "temiryo'lchilar" raqiblarini 3:2 hisobida mag'lubiyatga uchratishdi. Ushbu uchrashuvdan so'ng "Lokomotiv" klubi futbolchisi Kaxi Maxaradze o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.


"Bugun stadionga tashrif buyurgan muxlislar ajoyib o'yin guvohi bo'lishdi. Biz oldimizga qo'yilgan vazifani uddaladik va O'zbekiston chempioni degan nomga yana bir bor erishdik. Bugungi o'yin O'zbekiston kubogi final bahsi uchun bir tarafdan tayyorgarlik vazifasini o'tab berdi. Bilasizmi, kubok final bahsi boshqa chempionat bahsi boshqa. Final bahsiga kim tayyor bo'lsa o'sha g'alaba qozonadi. Biz oxirigacha kurash olib boramiz", - deydi "Lokomotiv" klubi futbolchisi Kaxi Maxaradze


Final bahsiga kim tayyor bo'lsa o'sha g'alaba qozonadi




Jahongir Sotvoldiev yozib oldi

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia