Kavanining "Atletiko"da qancha maosh olishi aniq bo'ldi

Mirjalol Normatov
26 dek 2019, 00:25
PSJ hujumchisi Edinson Kavani ushbu mavsum yakunlanganidan keyin erkin agent sifatida "Atletiko"ga o'tishga yaqin turibdi.

"Gazzetta dello Sport" xabariga ko'ra, tomonlar 3 yillik shartnoma borasida kelishuvga erishgan. Unga ko'ra, Kavani yiliga 12 million evro maosh oladi.

2019/2020 yilgi mavsumda Kavani PSJ tarkibida 11 o'yinda qatnashdi va 3 gol kiritdi. U 2013 yilda parijliklar safini to'ldirgandi. Bunga qadar u "Napoli"da o'ynayotgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Gazzetta dello Sport