Kavani o'z xizmatlarini "Barselona"ga taklif etdi

Alisher
14 sen 2020, 17:37
Hujumchi Edinson Kavani o'ziga yangi klub qidirmoqda.

Erkin agent maqomida yurgan "El Matador" laqabli 33 yoshli urugvaylik futbolchi o'z xizmatlarini "Barselona"ga taklif qilgan.

Kavani PSJda 2013-2020 yillarda PSJda o'ynagan. Forvard o'tgan mavsum Fransiya chempionati doirasidagi 14ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 1ta assist qayd etdi.

Futbolchi PSJdan tashqari "Napoli", "Palermo" va "Danubio" klublari sharafini himoya qilgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sport.es